Biz haqimizda

SURXONMALAKA.UZ sayti Тermiz davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabbiiy fanlar metodikasi” kafedra tomonidan tashkil etilgan “Masofaviy vertual ta’lim, tarmoq texnologiyalari imkoniyatlari va sinfdan tashqari to’garak mashg’ulotlari tashkil etishning uslubiy asoslari” mavzusida o’tkaziladigan amaliy seminarari munosabati bilan tayyorlandi va kafedra ilmiy-uslubiy yig’ilishining 2018 yil 29 noyabrdagi 10-sonli qarori bilan amaliyotda foydalanishga tavsiya etildi. Ushbu sayt orqali ta’lim tizimida bo’layotgan yangiliklar va informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchilari uchun yangi dasturlar va me’yoriy hujjatlardan namunalar berib boriladi. Shu bilan bir qatorda sayt orqali masofadan o’qitish bo’yicha kompyuter amaliy dasturlarini o’rgatish mo’ljallangan video darslar ham joylashtirilgan.